Ukraina yerlarini berishga rozi — AQSH Prezidentining maxsus vakili

23:32 01 May 2025 Dunyo
151 0

Arxiv surat

AQSH Prezidentining maxsus vakili Kit Kellogg Ukraina Rossiya nazorati ostidagi hududlarni berishga tayyorligini bildirdi.

“Buni qonuniy ravishda tan olmasalar ham ukrainlar Rossiya amalda egallab turgan hududlarni berishga tayyor. Ular sulh tuzilganda, har bir tomon oʻzi egallagan pozitsiyalarda qolishini tushunishadi”, — dedi Kellogg “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.

Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSH ham Rossiya hududiy talablarini qisman qondirishga tayyor. Kelloggning soʻzlariga koʻra, Vashington Kiyevga 22 ta aniq shartlarni qoʻygan va Ukraina ularga rozi boʻlgan.

Rossiya tomoni, oʻz navbatida, Kiyev kuchlarining Moskvaga tegishli hududlaridan toʻliq chiqishni talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu BRIKS mamlakatlarining yuqori vakillari yigʻilishida maʼlum qildi.

“Ukraina inqirozini hal qilish boʻyicha Rossiya takliflari yaxshi maʼlum. Bunga Ukraina qurolli kuchlarini Rossiyaning yangi mintaqalaridan olib chiqish, Kiyevning NATOga aʼzo boʻlish uchun arizani rad etish, Ukrainani demilitarizatsiya qilish va denatsifikatsiya qilish, rus tilida soʻzlashuvchi fuqarolarning huquqlarini taʼminlash kiradi”, — dedi u.

Bundan tashqari, Shoygu Rossiya Yevropa qoʻshinlarini Ukraina hududida joylashtirishni qabul qilib boʻlmas holat, deb hisoblashini ham taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер