Uyqusizlikni keltirib chiqaradigan mahsulotlar qaysiligi aytildi
Tozalangan uglevodlar miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish uyqusizlik xatarini oshiradi. Kolumbiya universiteti huzuridagi shifokorlar va jarrohlar kolleji tadqiqotchilari xuddi shunday xulosaga kelishdi, deb xabar berdi Sputnik MedicalXpress manbasiga asoslanib.
Ilmiy ish mualliflari klimaks holatini boshdan kechirayotgan 50 mingdan ortiq ayollar tomonidan taqdim etilgan ovqatlanish ratsioni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini tahlil qilishgan. Ular xulosalariga koʻra, shakar, oq non va guruch qondagi shakar tarkibini oshirar va bu uyqusizlik kelib chiqishining sabablaridan biri hisoblanar ekan.
Mutaxassis soʻzlariga koʻra, organizm qondagi shakar miqdorini kamaytirish uchun insulin ishlab chiqaradi. Bu esa organizmda gormonlar miqdori, shu jumladan, adrenalik va kortizol oshishiga olib kelishi mumkin. Aynan shunday holat uyqu meʼyori buzilishiga sabab boʻladi.
Olimlar ovqatlanish ratsioniga meva va sabzavotlarni kiritishni maslahat berishmoqda, chunki ular uyquga ijobiy taʼsir koʻrsatar ekan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring