Uchta yangi sahna asari taqdim etildi
Ayni kunlarda mamlakatimiz teatr jamoalari yangi sahna asarlarini Badiiy kengash eʼtiboriga havola etmoqda. Shunday taqdimotlar Fargʻona, Margʻilon va Namangan shaharlarida oʻtkazildi.
Xususan, Fargʻona viloyati musiqali drama teatrida “Reportaj” spektakli namoyish qilindi. Ushbu sahna asari dramaturg Joʻra Mahmudov qalamiga mansub boʻlib, rejissyor Obid Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan. Sahnalashtiruvchi rassomlar Sherali Daminov, Furqat Qoʻchqorov, bastakor Qosimjon Samiyev.
Margʻilon shahar musiqali maqom teatrida dramaturg Nurillo Abbosxon asari asosida rejissyor Muhammadsoli Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan “Sehrli chimildiq” musiqali kommediyasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Namangan viloyati musiqali drama teatrida esa “Ibrat” spektakli mutaxassislar eʼtiboriga havola qilindi. Dramaturg Nurillo Abbosxon tomonidan yozilgan mazkur asarni rejissyor Shuxrat Abdullayev sahnalashtirgan, sahnalashtiruvchi rassom Ixtiyor Gʻoipov, Saida Abdulboqiyeva.
Taqdimotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi teatr va sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosori Mahmutbay Aytniyazov va teatrshunoslar Shorustam Obidov, Oybek Veysal oʻgʻli hamda teatr badiiy kengashi aʼzolari qatnashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring