“Uch qahramon” bozoridagi yongʻin boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
11-avgust kuni “Uch qahramon” bozorida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Avval xabar qilganimizdek, 2025-yil 11-avgust kuni soat taxminan 02:20 larda, Toshkent tumani, “Sabzavot” MFY hududida joylashgan “Uch-qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi” MCHJda yongʻin kelib chiqqan. Uni oʻchirishga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji safarbar qilingan.
Bozorning umumiy doʻkonlar qurilgan maydoni 20.000 m/kv boʻlib, koʻrilgan tezkor choralar natijasida 12.000 m/kv maydonda joylashgan savdo doʻkonlari yongʻindan saqlab qolingan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan yoki halok boʻlganlar aniqlanmadi.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.
“Hozirda yongʻin kelib chiqishi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov organlari yakuniy xulosasiga koʻra qoʻshimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring