Uch oyda aholi jon boshiga 5,6 mln soʻmdan bozor xizmatlari koʻrsatildi
2025-yilning yanvar–mart oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 210,8 trillion soʻmga yetdi. Bu haqda milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,6 trillion soʻmga yoki 12,6 foizga oshgan.
Maʼlumot uchun, 2024-yil yanvar–mart oylarida xizmatlar hajmi 169,2 trillion soʻmni tashkil etib, oʻsish surʼati 114,2 foizga yetgandi.
2025-yilning yanvar–mart oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5,6 million soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 foizga oshgan.
2025-yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 113,9 trillion soʻmni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54 foizini tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring