Uch hududda qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjayli tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.K.ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, qoʻlbola usulda tayyorlangan umumiy bahosi 20,6 million soʻmlik 588 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro T.M. Nukus shahri, “Kattagar” MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil qilib, qoʻlbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarganligi aniqlanib, undan 338 dona aksiz marka, 111 litr spirt, 90 dona “QR-kod” markirovka, 90 dona “Qaratau” nomli aroq, boʻsh shisha idishlar va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bundan tashqari, departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro U.N.ga qoʻlbola usulda tayyorlangan isteʼmolga yaroqsiz 400 dona alkogol mahsulotlarini 10 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring