Uch hududda psixotrop moddalar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Ohangaron shahri boʻlimi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.M. xonadonida 1 ming 835 dona “Regopen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini keyinchalik dorixonalarda yashirib sotish maqsadida “L-ARGININE” dori idishlariga qadoqlab qoʻyganligi aniqlangan.
Shundan soʻng, ushbu dori vositalari tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Konimex tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro T.Sh. fuqaro X.P.ga 250 dona “Benzonal” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shuningdek, departamentning Jalaquduq tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.S. fuqaro S.R.ga 10 dona “REGAPEN” va 10 dona “TROPIKAMID” nomli tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari boʻlgan dori vositalarini 5 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring