U-23 Osiyo chempionati saralashining 2-turida Oʻzbekiston Qirgʻiziston bilan durang oʻynadi
6-sentyabr kuni U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichining 2-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
“E” guruhidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Qirgʻizistonga qarshi maydonga tushdi. Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan bellashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston termasi safida “Surxon” hujumchisi Rustam Turdimurodov va “Paxtakor” yarimhimoyachisi Behruz Asqarov gol urdi. Qirgʻiziston jamoasi tarkibidan esa Beknaz Almazbekov va Arsen Sharshenbekov hisobni tenglashtirishdi.
Ushbu natijadan soʻng, toʻplar nisbatiga koʻra, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi guruhda peshqadamlikni saqlab qoldi.
Maʼlumot uchun, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi yoshlar termasi 9-sentyabr kuni Falastinga qarshi maydonga tushadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring