Turkmanistondan 72 ming, Tojikistondan 31 ming, Afgʻonistondan atigi 2 mingdan ziyod fuqarolar nima maqsadda Oʻzbekistonga keldi?
Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolar soni maʼlum boʻldi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 112,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 69,7 ming nafarga yoki 2,6 barobarga oshganini koʻrsatmoqda.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha ketma-ketlikda taqsimlangan:
1. Turkmaniston — 72 354 nafar
2. Tojikiston — 31 554 nafar
3. Afgʻoniston — 2 372 nafar
4. Turkiya — 1 030 nafar
5. Xitoy — 982 nafar
6. Hindiston — 810 nafar
7. Qirgʻiz Respublikasi — 651 nafar
8. Janubiy Koreya — 557 nafar
9. AQSH — 344 nafar
10. Rossiya — 334 nafar
Avvalroq, hokim oʻrinbosari poraga 1 million AQSH dollari olgan vaqtida ushlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring