Turkiyaning Egey universiteti bilan hamkorlikda Qarshida Tekstil muhandisligi fakulteti ochiladi

18:52 02 Fevral 2023 Madaniyat
852 0

Joriy yilning 2-fevral kuni Turkiya Respublikasining Izmir shahrida joylashgan Egey universiteti bilan hamkorlikda Qarshi muhandislik iqtisodiyoti instituti qoshida “Tekstil muhandisligi fakulteti” ochish yuzasidan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Onlayn muloqotda Egey universiteti muhandislik fakulteti rahbariyati professor M.Tanyolachach, professor Perrin Akchakoja, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, viloyat hokimligi va viloyat Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi va paxtachilik klasteri vakillari ishtirok etdilar.

Olib borilgan muloqot natijasida, Egey universiteti tomoni ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi va viloyat delegatsiyasi Turkiya davlatiga tashrif buyurib, dastlabki amaliy ishlarni boshlashga kelishildi.

Maʼlumot uchun: Qashqadaryo viloyatida 18 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari mavjud boʻlib, ularning tarkibida 27 ta toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер