Turkiyada onasi vafot etib, bolalar uyiga joylashtirilgan bola Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Onasi vafotidan soʻng Turkiyadagi bolalar uyiga joylashtirilgan 5 yoshli bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan ayol Turkiyadagi mahalliy shifoxonalardan birida farzandini dunyoga keltirgan. Biroq koʻp oʻtmay kasallik tufayli vafot etgan. Chaqaloq bir necha yil davomida suriyalik va oʻzbekistonlik ayollar tomonidan parvarish qilingan.
Shundan soʻng, ota-ona qarmogʻisiz qolgan bola xolasiga topshirilgan. Ammo bolaning tugʻilganlik boʻyicha hech qanday hujjati boʻlmagani sababli voyaga yetmagan fuqaro sifatida davlat tomonidan majburiy ravishda Istanbul shahrida joylashgan bolalar uyiga joylashtirilgan. Fuqaroning jiyanini vasiy sifatida oʻz qarmogʻiga olish talabi voyaga yetmagan fuqaroga oid hujjatlarning yoʻqligi sababli bolalar uyi maʼmuriyati tomonidan rad etilgan.
Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan tegishli davlat idoralari bilan olib borilgan qator muzokaralar davomida, advokatlar jalb qilingan holda sud tomonidan bolani xolasining qarmogʻiga oʻtkazish boʻyicha qaror chiqarilishiga erishilgan.
Yurtdoshlarimizning muammoli vaziyatlari hal etilgandan soʻng ular uchun “Vatanga qaytish guvohnomasi” Bosh konsulxona tomonidan rasmiylashtirib berildi va ular Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari ota-ona qarmogʻisiz qolgan va xolasi qoʻliga oʻtgan bolaga yashashi, taʼlim-tarbiyasi hamda uning manfaatlari qonunchilik doirasida, oʻrnatilgan tartibda taʼminlanishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring