Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor
Illyustrativ foto
Turkiyaning janubiy viloyatlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.
Mugʻla viloyatida va yana bir nechta hududlarda sezilgan yer silkinishlari 3-iyunga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:17 da yuz bergan. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda, 67 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.
Tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning koʻpchiligi uylarining derazalaridan sakrash chogʻida jarohatlangan. Hozirda 46 jabrlanuvchi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda.
Bundan tashqari, yer osti silkinishlari vaqtida vahima xurujiga uchragan 14 yoshli oʻsmir qiz halok boʻlgani aytildi.
Rasmiylarga koʻra, zilzila hech qanday binoning qulashiga olib kelmagan va shaharda energiya taʼminoti, tabiiy gaz taʼminoti, ichimlik suvi hamda kanalizatsiya infratuzilmasi faoliyatida salbiy holatlar kuzatilmagan. Mutaxassislar uylar va binolarni tekshirishda davom etmoqda.
Avvalroq, aprel oyida Istanbul shahrida ham kuchli zilzila sodir boʻlgan edi. Unda 151 kishi qoʻrquv sabab balandlikdan sakrash oqibatida tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 1 nafar oʻzbekistonlik esa kuchli qoʻrquv oqibatida vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring