Turk kompaniyasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida quvvati 400 MVt gaz porshenli elektr stansiyasini qurish uchun 250 million dollar sarmoya kiritadi

Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va “AKSA Enerji” boshqaruvi raisi Jemil Kazanchi oʻrtasida Investitsiya shartnomani imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maʼlumotiga koʻra, hujjatga muvofiq, “AKSA Enerji” davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida quvvati 400MVt gaz porshenli elektr stansiyasini qurish uchun 250 million dollar sarmoya kiritadi.
Kompaniya 25 yil — loyihani amalga oshirishning butun davri davomida elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ishlatish bilan shugʻullanadi.
Qurilish ishlarining boshlanishi 2023-yilning dekabrida, 2024-yil oxirida elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Turkiya kompaniyasining tashrifi doirasida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “AKSA Enerji” oʻrtasida elektr energiyasini sotib olish shartnomasi ham imzolandi va bu bilan Oʻzbekiston tomoni turkiyalik investordan 25 yilga kafolatlangan elektr energiyasini sotib olishni amalga oshiradi.
ISSV maʼlumotiga koʻra, “AKSA Enerji” 1960-yilda tashkil etilgan “Kazanci Holding” tarkibiga kiradi. Xolding nafaqat energetika sohasida loyihalarni ishlab chiqadi, balki qishloq xoʻjaligi va turizmda ham. Shuningdek, kompaniya qator mamlakatlarda: Turkiya, Gana, Madagaskar, Mali, Kongo va Oʻzbekistonda elektr stansiyalarini qurmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring