Turizm rivoji yoʻlida...

10:08 02 Dekabr 2024 Jamiyat
153 0

Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Jizzax viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish, bu borada chet davlatlardagi turistik kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, sohaga xalqaro investor va mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda. Prezidentimizning 2024-yil 18-iyulda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyati delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻldi.

Tashrif davomida xorijlik sayyohlarni hududga jalb etish yuzasidan Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Sardor Shukurullayev va “Transindus Limited” tur kompaniyasi boshqaruvchi direktori Amrit Singx xonim oʻrtasida oʻzaro uchrashuv oʻtkazildi.

Shuningdek, 500 million kishilik xalqaro auditoriyaga ega “BBC Global News Eurasia” tijorat vakolatxonasi rahbari, “Dars Films” kompaniyasining bosh prodyuseri Sergey Stanovkin bilan ham muzokara olib borildi.

Muzokaralar davomida Jizzax viloyatini dunyoga tanitish, targʻib qilish va turistlar oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilayotgan “Mintaqada quyosh chiqishi” loyihasi muhokama qilindi.

Aytish mumkinki, mazkur loyiha hududning oʻziga xos jihatlarini dunyo miqyosidagi nufuzli, taʼsirli auditoriya koʻz oʻngida investitsiyaviy, turistik jozibadorlik hamda vizual tasvirlar orqali oshiradi. Vohaning madaniy, tarixiy va meʼmoriy xilma-xilligini namoyish qilish kabi vazifalarga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?