Trampning Gʻazo uchun “buyuk” rejasi haqida tafsilotlar ochiqlandi
AQSH prezidenti Donald Tramp Gʻazo sektori uchun “buyuk” reja ishlab chiqqani maʼlum boʻldi. Bir necha oy oldin u anklavni “Falastin rivyerasi”ga aylantirish va AQSHning uni nazorat olishi mumkinligini taklif qilgan edi.
BILD nashri Tramp maʼmuriyati tayyorlagan sanoat, infratuzilmani rivojlantirish va “aqlli” shaharlar qurilishiga oid 38 sahifali hujjat bilan tanishgan. Avvalroq “Washington Post” ham bunday loyiha mavjudligi haqida xabar bergandi.
Reja asosan Gʻazoni tiklash, iqtisodiy jadallikka erishish va modernizatsiya qilish tamoyillariga asoslanadi. Unga koʻra, anklav 10-yilga AQSH vasiyligiga oʻtadi, bu davr mobaynida Falastin hokimiyatida islohot va deradikalizatsiya jarayonlari amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, taxminan ikki million aholining vaqtincha koʻchirilishi yoki maxsus himoyalangan hududlarga joylashtirilishi aytilgan. Koʻchishga rozi boʻlganlarga 5 ming dollar, 4-yillik ijara haqi va oziq-ovqat uchun subsidiya berilishi mumkin.
Loyiha doirasida sektorda yangi port, avtomobil yoʻllari va aeroportlar qurilishi ham nazarda tutilgan. Isroil bilan chegarada “Elon Musk Smart Manufacturing Zone” — elektr transport vositalari ishlab chiqarish va mintaqaviy maʼlumot markazlari yaratilishi rejalashtirilgani xabar qilingan.
Shuningdek, aholi uchun Dubayga oʻxshash kurortlar, 20 qavatli “aqlli uylar” barpo etilishi mumkinligi qayd etilgan. Ammo bu rejalar amalga oshadimi-yoʻqmi, hozircha aniq emas.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, Gʻazo aholisini qabul qilish masalasida bir qator davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. BMT maʼlumotlariga koʻra, sektorda uy-joylarning 90 foizi vayron boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring