Tramp Nigeriyaga qoʻshin kiritish ehtimolini istisno etmadi
AQSH Nigeriya hududiga oʻz qoʻshinlarini yuborishi yoki aviatsiya zarbalarini amalga oshirishi mumkin. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp jurnalistlar savoliga javoban maʼlum qildi.
“Balki. Men koʻp narsani ehtimol deb hisoblayman. Nigeriyada nasroniylar rekord darajada oʻldirilmoqda. Ular katta miqyosda qirilmoqda. Biz bunga yoʻl qoʻymaymiz”, — dedi Tramp.
Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyining oxirida Donald Tramp Nigeriyaga “alohida xavotir uygʻotuvchi mamlakat” maqomini bergan edi. Bu qaror nasroniylarning islomiy radikal guruhlar tomonidan ommaviy oʻldirilishi bilan izohlangan.
Nigeriya hukumati Trampning bayonotini rad etdi va mamlakatda nasroniylik yoʻqolish xavfi ostida ekani haqidagi iddaolarni voqelikka muvofiq emas, deb baholadi. Tashqi ishlar vazirligi bu kabi daʼvolar mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatini notoʻgʻri aks ettirishini qayd etdi.
Shuningdek, avvalroq Donald Tramp Pentagonga Nigeriyada ehtimoliy harbiy amaliyotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha topshiriq bergani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring