AQSHga yopirilgan qor boʻroni taxminan 200 million kishiga taʼsir koʻrsatdi
AQSH hududini qamrab olgan kuchli qor boʻroni taxminan 200 million kishiga taʼsir koʻrsatdi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
Kuchli qor yogʻishi Nyu-Meksiko shtatidan tortib Sharqiy sohildagi Yangi Angliyaga qadar boʻlgan hududlarni qamrab oldi. Ayrim joylarda qor qatlamining qalinligi deyarli 40 santimetrga yetgan.
Noyob ob-havo sharoiti oqibatida 800 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasi taʼminotisiz qolgan, kamida yetti nafar inson halok boʻlgan. Luiziana shtatining oʻzida ikki kishi sovuq urish (gipotermiya) oqibatida vafot etgan.
Shuningdek, noqulay ob-havo havo qatnoviga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Yakshanba kuni AQSHda qariyb 11 mingta aviareys bekor qilingan, undan bir kun oldin esa yana 4 mingdan ortiq parvoz amalga oshirilmagan. Nyu-York, Filadelfiya va Sharlottni oʻz ichiga olgan yirik aglomeratsiyalarda reyslarning 80 foizidan ziyodi bekor qilingan.
Shanba kuni (24-yanvar) AQSHning kamida 10 ta shtatida favqulodda holat rejimi joriy etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring