Tramp: Hindiston Rossiya neftini sotib olib, Ukrainadagi urushni moliyalashtiryapti

16:56 04 Avgust 2025 Dunyo
178 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Hindistonni tanqid qilib, mamlakat Ukrainadagi urushni Rossiya neftini xarid qilish orqali bilvosita moliyalashtirmoqda, deb bayonot berdi. Bu haqda Oq uy apparati rahbarining oʻrinbosari Stiven Miller maʼlum qildi.

“Prezident Tramp Rossiyadan neft sotib olish orqali mojaroni moliyalashtirayotgan davlatlar haqida jiddiy fikr bildirmoqda. U Hindistonga nisbatan aniq pozitsiyaga ega”, — dedi Miller.

Tramp juma kuni bergan bayonotida Hindistonga AQSH bilan savdo bitimini tuzish uchun Rossiya neftini xarid qilishni toʻxtatishni taklif qildi.

“Mening tushunishimcha, Hindiston endi Rossiyadan neft sotib olmaydi. Bu toʻgʻrimi yoki yoʻqmi, bilmayman. Keling, voqealar rivojini kuzatamiz”, — dedi Tramp.

Biroq, Hindiston hukumatiga yaqin manbalarga tayanib berilgan bir necha nashrlarda taʼkidlanishicha, mamlakat Rossiya yoqilgʻisini xarid qilishni davom ettirish niyatida.

Maʼlumot oʻrnida, Hindiston dunyodagi uchinchi yirik neft isteʼmolchisi hisoblanadi va importga yuqori darajada bogʻliq. Mamlakat neft qayta ishlash zavodlari xomashyoni 30 dan ortiq davlatdan xarid qiladi. TASS agentligi maʼlumotiga koʻra, bu importda Rossiya neftining ulushi 30 foizdan oshib ketadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер