Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuela AQSH tarkibida koʻrsatilgan xaritani eʼlon qildi

18:57 09 Fevral 2026 Dunyo
832 0

AQSH prezidenti Donald Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida Kanada, Grenlandiya va Venesuela AQSH tarkibidagi hududlar sifatida koʻrsatilgan suratni eʼlon qildi.

Rasm sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan boʻlib, unda AQSH rahbari Yevropa davlatlari yetakchilari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda. Ular orasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, shuningdek, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bor.

Fondagi xaritada Kanada, Venesuela va amalda Daniyaga qarashli boʻlgan Grenlandiya oroli AQSH bayrogʻi ranglari bilan koʻrsatilgan. Tramp ushbu surat ostiga hech qanday izoh yozib qoldirmagan.

“Alfalfa” klubi tadbirida nutq soʻzlagan AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington Grenlandiyani sotib olishni rejalashtirayotganini va Kanada hamda Venesuelani ham AQSH shtatlariga aylantirmoqchi ekanligini haqida gapirgandi.

Oq uy rahbari Kanadani AQSHga qoʻshilishni bir necha bor taklif qilgan va bu mamlakatni “Rossiya va Xitoy kemalaridan” himoya qilishga yordam berishini taʼkidlagan. U Grenlandiya misolida ham xuddi shunday degan.

“The Washington Post” gazetasi Oq uy rahbarining nutqini murosasiz va noqulay, kulgili hazillarga toʻla deb yozdi.

Tadbirda Trampning raqiblari, jumladan, “JPMorgan Chase” bosh direktori Jeyms Dimon (yanvar oyida Tramp bank va uning bosh direktoriga qarshi hisoblariga xizmat koʻrsatishdan bosh tortgani uchun 5 milliard dollarlik sud daʼvosi qoʻzgʻatgan), xayriyachi va “Carlyle Group” asoschisi Devid Rubenshteyn (AQSH prezidenti uni Kennedi markazi rahbari lavozimidan boʻshatgandi) va Markaziy bank rahbari Jerom Pauell ham boʻlgan.

Ishtirokchilardan birining soʻzlariga koʻra, Tramp yigʻilganlarga murojaat qilib, shunday degan: “Men bu zaldagi koʻp odamlardan nafratlanaman. Menga koʻpchiligingiz yoqadi. Jin ursin, kim bunday boʻlishini oʻylagan edi?”

Shundan soʻng, AQSH prezidenti “Grenlandiyaga bostirib kirish”ni kuzatib borishi kerakligi bois nutqini qisqartirishga majburligini aytgan. Biroq Oq uy rahbari buni darhol hazilga yoʻygan ekanini aytgan.

“Biz Grenlandiyaga bostirib kirmaymiz. Biz uni sotib olamiz. Grenlandiyani 51-shtat qilish niyatim hech qachon boʻlmagan. Men Kanadani 51-shtat qilmoqchiman. Grenlandiya 52-shtat boʻladi. Venesuela 53-shtat boʻlishi mumkin”, degan Tramp.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер