Tramp Gʻazo boʻyicha mojaroni diplomatik yoʻl bilan hal etilishiga umid bildirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Falastin–Isroil mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal qilish mumkinligiga umid bildirdi. Uning soʻzlarini TASS keltirdi.
— Men bunga umid qilaman, diplomatik yechimni koʻrishni istardim. Bu yerda juda koʻp gʻazab va nafrat bor, siz buni bilasiz. Mojaro yillar davomida davom etmoqda. Umid qilamanki, biz biror natijaga erishamiz, — dedi Tramp.
Avvalroq xorijiy OAV xabar berishicha, Tramp BMT Bosh Assambleyasi doirasida bir qator arab va musulmon davlatlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirgan. Unda mojaroni hal qilish yoʻllari muhokama qilinadi.
Uchrashuvga Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Misr, Iordaniya va Turkiya yetakchilari taklif qilingan. Oq uy ushbu davlatlarning urushdan keyin Gʻazoni qayta tiklashdagi ishtiroki hamda Isroil qoʻshinlari anklavdan chiqarilgach, bu hududda ularning oʻz harbiy kontingentlarini joylashtirish imkoniyatini muhokama qilishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring