Tramp bugundan AQSH tarixidagi eng katta deportatsiya dasturini ishga tushiradi
AQSHning 47-prezidenti Donald Tramp bugundan, 20-yanvardan, oʻz lavozimiga kirishadi. Oq Uyga qaytgan ilk kunidanoq Tramp Baydenning koʻplab farmonlarini bekor qilishi va yuzga yaqin qaror imzolashi kutilmoqda. Bu haqda “ABC News” nashri maʼlum qilgan.
Xabarlarga koʻra, Tramp AQSHda noqonuniy yashayotgan millionlab muhojirlarni toʻplash va deportatsiya qilishga qaror qilgan.
“Birinchi kuni jinoyatchilarni chiqarib yuborish uchun Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiya dasturini ishga tushiraman. Men jinoyatchilik avj olgan shaharlarni qutqaraman, yovuz va qonxoʻr jinoyatchilarni qamoqqa tashlaymiz hamda ularni imkon qadar tezroq yurtimizdan quvib chiqaramiz”, — deydi u.
Shuningdek, Tramp prezidentlikka kelgan birinchi kunidayoq janubiy chegarani toʻliq yopishga vaʼda bergan. Bu harakatlarni amalga oshirish uchun mamlakatda milliy favqulodda holat eʼlon qilinib, AQSH armiyasidan yordam soʻrashini maʼlum qilgan.
Donald Trampning siyosat boʻyicha oʻrinbosari Stiven Miller ham ushbu rejalarni tasdiqlagan.
“Prezident Tramp qasamyod qilgan paytda, oʻzi aytganidek, ishgʻol tugaydi va ozodlik kuni boshlanadi. U zudlik bilan chegarani yopib qoʻyish toʻgʻrisidagi buyruqlarni imzolab, Amerikadagi eng yirik deportatsiya operatsiyasini boshlaydi”, — deydi Miller.
Maʼlum boʻlishicha, AQSHda qonuniy immigratsiya maqomidagi 11 millionga yaqin ruxsatnomasiz muhojirlar yashaydi. Amerika Immigratsiya Kengashining hisob-kitoblariga koʻra, ularni olib tashlash yiliga milliardlab dollarga tushishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp 120 yil ichida avvalgi vakolat muddati tugaganidan toʻrt yil oʻtib yana oʻz lavozimiga kirishgan birinchi davlat rahbari sanaladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring