Tramp: AQSH Venesuela hukumatini agʻdarish niyatida emas
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington Venesuela hukumatini agʻdarish rejasiga ega emasligini maʼlum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Biz bu haqda gapirmayapmiz”, — dedi Tramp jurnalistlar savoliga javoban, yaʼni AQSH Venesuelada rejim almashishini istaydimi, degan savolga.
Avvalroq u Venesueladan AQSHga milliardlab dollarlik narkotik partiyalari olib kirilayotganini aytgan edi.
“Venesuela juda yomon ish qilmoqda, biz bundan xabardormiz. Oʻsha kema ichidagi qoplarda AQSHning yuz minglab fuqarosi uchun halokat boʻlishi mumkin boʻlgan narsalar bor edi”, — dedi Amerika rahbari.
Maʼlumot uchun, 2-sentyabr kuni AQSH qoʻshinlari Karib dengizning janubiy qismida Venesuelaga yaqin hududdagi kemani zarbaga tutdi. Pentagon maʼlumotiga koʻra, operatsiya chogʻida venesuelalik narkokartel aʼzolaridan 11 nafari yoʻq qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring