Tojikistonda hukmron partiya raisligiga yana Emomali Rahmon saylandi
Tojikistonning 72 yoshli prezidenti Imomali Rahmon hukmron Xalq demokratik partiyasi (XDP) raisi etib qayta saylandi.
Ovoz berish kecha, 18-dekabr kuni Dushanbeda oʻtkazilgan XV qurultoyda oʻtkazilgan.
Qayd etilishicha, qurultoy ochilishida prezident partiyaning barcha aʼzolarini 30-yillik bilan tabriklab, soʻnggi besh yillikda erishgan yutuqlarini maʼlum qilgan.
Yigʻilganlar partiya Markaziy ijroiya qoʻmitasining yangi tarkibini va uning rahbarlarini tasdiqladilar, boshqa partiya organlari va tuzilmalarining tarkiblarini sayladilar.
Emomali Rahmon 1998-yil 18-martidan buyon TXDP yetakchisi sanaladi. U Tojikistonni prezident sifatida boshqarayotganiga 30-yildan oshdi (1994-yil 16-noyabrdan buyon).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring