Tojikiston bilan chegara hududda zamonaviy savdo-logistika markazi qurilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Botir Madiyorov/“Xalq soʻzi”. Ayni kunlarda Beshariq tumanining qoʻshni Tojikiston bilan chegaradosh hududda joylashgan “Andarxon” nazorat-oʻtkazish punkti yonida zamonaviy savdo-logistika markazi qurilishi jadal davom etmoqda.
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi tasarrufidagi ushbu savdo-logistika markazi 6 gektar maydonda tashkil etiladi. Istiqbolli loyiha doirasida 86 milliard soʻm mahalliy investitsiya mablagʻi yoʻnaltirilib, majmuada 200 ta savdo doʻkonlari, mehmonxona, bank, logistika markazi hamda kafe-restoranlar joylashtiriladi.
Savdo-logistika markazi ishga tushirilishi natijasida Oʻzbekiston hamda Tojikiston tadbirkori tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlari doʻkonlarga joylashtirilib, shu yerning oʻzida savdo aloqalari yoʻlga qoʻyiladi. Shu tariqa markazda xizmat koʻrsatish sohasida ming nafar aholi bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.
—Tumanimiz qoʻshni Tojikiston Respublikasining Soʻgʻd viloyati bilan chegaradosh hududda joylashgan boʻlib, keyingi yillarda tadbirkorlik, qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik koʻlami kengayib bormoqda, — deydi “Andarxon” MFY hokim yordamchisi Avazbek Abdurahmonov. — Bu markazning ishga tushirilishi esa ikki tomonlama ulgurji va chakana savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring