Tozalanmagan oqovalar ochiq suv havzalariga qoʻshilib, turli badboʻy hidlar va kasalliklarni keltirib chiqarmoqda — B. Alixonov

17:44 16 Dekabr 2021 Jamiyat
637 0

Senatning 22-yalpi majlisida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi Boriy Alixonov Toshkent shahar suv oqovalarini qayta ishlovchi obyektlar texnik holati, oqova suvlarini qayta ishlash hajmi yuzasidan quyidagilarni bildirdi.

«Maʼlumki, Toshkent shahar suv oqovalarini qabul qiluvchi 3 ta inshoot bor, yaʼni Salar, Boʻzsuv va Bektemir. Ular texnik loyihalari boʻyicha 75 — 80 foizga tozalash imkoniga ega boʻlishi kerak. 

Lekin hozirgi kunda oʻrtacha hisobda Salar 51 foiz, Boʻzsuv qariyb 50 foiz, afsuski, Bektemir inshootida qayta ishlash koʻlami 30 — 35 foizdan oshmaydi. Bu degani tozalanmagan oqovalar ochiq suv havzalariga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshilib, turli badboʻy hidlar va kasalliklarni keltirib chiqarmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер