Toshkentning ikki tumanida noqonuniy dori vositalari sotuvchilari jinoyat ustida ushlandi
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek va Bektemir tumanlarida kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, prokuraturaning Mirzo Ulugʻbek va Bektemir tuman boʻlimlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazib, narkotik moddalarni noqonuniy ravishda sotayotgan ikki fuqaroni qoʻlga olgan. Dorixonadan 161 dona “Zardeks” va 56 dona “Regapen” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, yana ikki nafar fuqaro toʻrtta giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olindi. Mazkur dorixonadan 62 dona kuchli taʼsir etuvchi “Regapen” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi. Qolaversa, ular boshqa dorixonada jinoyat ustida ushlangan. Undan 83 dona “Zardeks” va 4 dona “Regapen” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Yuqoridagi barcha fuqarolarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring