Toshkentdagi koʻchalardan biri oy oxirigacha qisman yopildi

Illyustrativ foto
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Qumariq koʻchasining bir qismi 10−30-sentyabr kunlari avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2025–2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtning Sergeli tumani Qumariq koʻchasida diametri 325 mm boʻlgan issiqlik tarmoqlarining umumiy 1000 metr uzunlikdagi qismi almashtiriladi.
Pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar davomida kargo xizmatlari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, Aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv xizmatlari va yaqin atrofdagi uylarning aholisi uchun kirish va oʻtish imkoniyati taʼminlanadi.
Shu munosabat bilan quyidagi avtobus yoʻnalishlari harakati oʻzgartiriladi:
61-yoʻnalish – A.S. Banokatiy, G. Aliyev, Temiryoʻlchilar, Kichik halqa yoʻli, Bobur koʻchalari orqali;
106-yoʻnalish – Sarikoʻl, Kichik halqa yoʻli, Bobur koʻchalari orqali;
40-yoʻnalish – Bobur, Kichik halqa yoʻli, Turkiston koʻchalari, Toshkent vokzali, Temiryoʻlchilar, A.S. Banokatiy koʻchalari orqali “RET” zavodi bekatigacha;
66-yoʻnalish – Qumariq, Bobur, Kichik halqa yoʻli, Turkiston koʻchalari, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sarikoʻl, Yangi Zamon, Sarikoʻl, A.S. Banokatiy koʻchalari orqali “RET” zavodi bekatigacha;
52-yoʻnalish – Lokomotiv koʻchasi bekati va Toshkent vokzali oraligʻida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring