Toshkentda jadidlar faoliyatiga oid ilmiy konferensiya boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 11 — 12-dekabr kunlari “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusida Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan ilmiy konferensiya boʻlib oʻtadi.
Konferensiyaning birinchi kunida — jadidchilik harakati gʻoyasi, maqsad va vazifalarini izchil oʻrganishda yangi insaydlar, harakatning maʼrifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi boʻyicha ijtimoiy-siyosiy saʼy-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.
Tadbirning ikkinchi kunida — oʻzbekistonlik hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari bilan davra suhbati (panel session) oʻtkaziladi va u keng jamoatchilik uchun ham ochiq hisoblanadi.
Uchrashuvda olimlar Temur Xoʻjaoʻgʻli, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo boʻylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Boʻzdogʻ ishtirok etadi. Batafsil maʼlumotni jadidconf.com saytidan olish, tadbirning ikkinchi kunida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring