Toshkentda “Tahoe” yonib ketdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida “Tahoe” rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 19-dekabr kuni soat 14:06 da Shayxontohur tumani Qoratosh va Samarqand Darvoza koʻchalari kesishgan chorrahada avtomobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:12 da yetib borib, 14:17 da yongʻinni oʻchirgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring