Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar temir yoʻllari rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2018 yilning iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtgan va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan temir yoʻllar maʼmuriyati rahbarlarining birinchi uchrashuvini Toshkent shahrida oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi. Shu munosabat bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar temir yoʻllari maʼmuriyati rahbarlari jam boʻlishdi. Eʼtiborlisi, dastlabki xalqaro tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi raislik qildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Achilboy Ramatov ishtirok etdi va nutq soʻzladi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari oʻz mamlakati temir yoʻl tizimi, yuk va yoʻlovchi tashish xizmati, olib borilayotgan bunyodkorliklar, yangi loyihalar,tranzit yoʻlaklar haqida barchaga maʼlumot berishdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning temir yoʻllari maʼmuriyati rahbarlarining birinchi uchrashuvida transport xizmatlari bozorini kengaytirish, temir yul sohasining potensial imkoniyatlarini shakllantirish, bojxona hujjatlarni rasmiylashtirish, tarif siyosati boʻyicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, SHHTga aʼzo davlatlar hududida yangi iqtisodiy xalqaro koridorlarni yaratish, dengiz portlariga chiqish imkoniyatlari xususida ham soʻz yuritildi.

Logistik markazlar tizimini yaratish va undan keng foydalanish, SHHTga aʼzo davlatlar eksport va import yuklarini jahon bozorlariga olib chiqish jarayonida koʻrsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash masalalari koʻrib chiqish tadbir kun tartibidan oʻrin oldi. Shu kuni temir yoʻl transporti infratuzilmasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliya tizimlari ishtirokida yangi temir yoʻl transport koridorlarini yaratish, yuk tashish imkoniyatlarini oshiradigan, muhimi dengiz portlariga chiqishni taʼminlaydigan yangi loyihalarni ishga tushirish masalasi ham muhokama etildi.
Xususan, tadbir ishtirokchilariga temir yoʻl transporti sohasining istiqbolli yoʻnalishlari, rivojlanish tendensiyalari va takomillashtirish boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Konferensiya yakunida tegishli hujjatlar imzolandi. Navbatdagi anjumanga Qozogʻiston Respublikasi poytaxti Astana shahri mezbonlik qilishiga kelishib olindi. Mazkur hujjat transport infrastrukturasining rivojlanishini ijobiy shakllanishiga, yoʻl qurilishi va transport-logistik markazlar yaratilishiga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda temir yoʻlning umumiy uzunligi 7200 km.tashkil etadi. Yuk tashishning umumiy hajmidan 53% temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Mustaqillik yillarida 2500 km. temir yoʻllari qurildi, 2600 km. dan ortiq yoʻllar elektrlashtirildi. 30 dan ortiq vokzallar zamon talablari darajasida qurildi va rekonstruksiya qilindi.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari mamlakat iqtisodiyotida oʻziga xos oʻrin tutadi. Xususan, “Navoiy-Uchquduq-Sultanuvaystogʻ-Nukus” (umumiy uzunligi 341km), “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” (umumiy uzunligi 223km), Angren – Pop (123,1) loyihalarining hayotga tatbiq etilishi ushbu hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Amalga oshirilgan bunyodkorliklar natijasida mamlakatimizda yagona temir yoʻl tizimi yaratildi
Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan yuqori tezlikda harakatlanuvchim “Afrosiyob” poyezdi dastlab Toshkentdan Samarqandgacha qatnovni amalga oshirgan boʻlsa, endilikda Buxoro, Qarshi va Shahrisabz shaharlarigacha xizmat koʻrsatmoqda.
Bu yil “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ oʻzining hududi orqali ayrim yuklarni tashish uchun Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi uchun turli imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring