Toshkentda qalbaki dollarlar: firibgarlar bankomatni aldab ketgani maʼlum boʻldi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahrida qalbaki 1400 AQSH dollarini bankomatdan almashtirgan shaxslarni qoʻlga oldi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Ipak Yoʻli” AITB Chilonzor filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.T. (muqaddam sudlangan), N.O., va A.Sh. ushbu bank filialiga tegishli bankomatdan jami 28 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni milliy valyuta soʻmga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qalbaki pullar savdosi jahon miqyosida keng tarqalgan jinoyat turlaridan biri hisoblanadi. Xususan, AQSH dollari butun dunyo boʻylab eng koʻp qalbakilashtiriladigan valyutalardan biridir. Bunda ayniqsa Janubiy-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika davlatlarida qalbaki pullar savdosi yuqori darajada kuzatiladi.
Qayd etish kerakki, Janubiy Koreya va Meksika kabi davlatlar ham qalbaki pullar muammosi bilan tez-tez roʻbaroʻ boʻladi. Yevro hududi davlatlarida esa qalbakilashtirilgan yevro banknotlari koʻp hollarda qoʻlga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring