Toshkentda PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi
Arxiv foto
Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-son batalyoni 4-otryadi xodimlari patrullash davomida Uchtepa tumani Istirohat koʻchasi va Toshkent xalqa avtomobil yoʻli kesishmasida ikki nafar ayolni koʻrganlarida soat tungi ikki atrofida boʻlgan. Ayollardan biri esa homilador edi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Holatni tushuntirishga hojat yoʻq: yosh ayol zudlik bilan tugʻruqxonaga yetkazilishi kerak edi. Xodimlar boʻlajak onani va uning qaynonasini mashinaga oʻtqazib, eng yaqin shifoxona tomon yoʻl olishadi.
3-son Shahar bolalar klinik shifoxonasigacha (oldingi “Ona va bola” markazi) oz masofa qolganda ayolning dardi tutadi.
Shu onda safdor S. Muradov va B. Toshpulatovlar malaka oshirish darslarida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha oʻrganganlarini amalda qoʻllaydi. PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keladi. Buvi va ona PPX xodimlariga yordam uchun minnatdorchilik bildirishadi.
Yosh ona va goʻdak shifokorlarga topshirilgan. Tibbiyot xodimlarining qayd etishicha, ona va goʻdakning ahvoli qoniqarli boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring