Toshkentda “Oltin kuz” iqtidorli, ijodkor yoshlar forumi boshlandi

19:26 31 Oktyabr 2025 Jamiyat
1396 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Poytaxtda ilk bor “Oltin kuz” iqtidorli, ijodkor yoshlar forumi oʻz ishini boshladi. Tadbir joriy yilning 31-oktyabrdan 4-noyabrgacha davom etadi.

Mazkur forum Madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Forumda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 250 nafar madaniyat va sanʼat sohasi vakillari, faol ijodkor yoshlar ishtirok etmoqda.

Forumning birinchi kuni matbuot anjumani bilan boshlandi. Unda forum dasturi, asosiy yoʻnalishlari hamda tadbirlar rejalari haqida ishtirokchilar va ommaviy axborot vositalariga batafsil maʼlumot berildi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Shuningdek, Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov raisligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Bundan tashqari, “Madaniyat toʻlqinlari” media loyihasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Maʼlum qilinishicha, tanlovga 10 yoʻnalish boʻyicha 300 ga yaqin video mahsulotlar taqdim etilgan boʻlib, hayʼat aʼzolari tomonidan aniqlangan 50 nafar gʻolib 50 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Forumda, shuningdek, “Nazm gulshani” yosh shoirlar ijodiy uchrashuvi ham tashkil etildi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Dastur doirasida 3-noyabr kunidan boshlab “Oltin kuz” nomli xalqaro orkestrlar festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Forum yakunida eng faol va tashabbuskor ijodkor yoshlar Madaniyat vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Mazkur tadbir yoshlarning madaniyat va sanʼat sohasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ijodiy hamkorlikni kuchaytirish hamda ularning yangi gʻoyalarini roʻyobga chiqarish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilmoqda.

Mashhura Alimardon, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер