Toshkentda kir yuvish kukuni qadogʻida narkotik saqlayotgan laboratoriya fosh qilindi

Foto: Bojxona qoʻmitasi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2 mlrd soʻmlik narkotik moddalarni saqlagan narkolaboratoriya fosh qilindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi, DXX va IIV vakillari bilan hamkorlikda koʻp bosqichli tezkor tadbirlar oʻtkazilgan. Unda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni respublikamizga olib kirish va tarqatish bilan shugʻullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.
“Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali piyoda ravishda kirib kelgan yoʻlovchilardan birining qoʻl sumkasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda uning ichida goʻyoki kir yuvish poroshoklari deya koʻrsatilgan, aslida esa jami 33 kg. ogʻirlikdagi 11 dona qadoqda “pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasiga oʻxshash modda yashirib qoʻyilgani aniqlandi.
Shundan soʻng, tezkor-qidiruv tadbirlari poytaxtimizning “Oloy” bozori atrofida davom ettirilib, ushbu poroshoklarni qabul qilib oluvchi 2 nafar shaxslar ham qoʻlga olindi.
Tezkor tadbirning navbatdagi manzillari Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 2 ta xonadon boʻldi. Bu yerda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini qoʻlbola usulda tayyorlash va qadoqlashga moʻljallangan yashirin laboratoriyalar tashkil qilingan boʻlib, unda qiymati salkam 2,1 mlrd soʻmlik 56,5 kg.ga yaqin kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, 90 dona “Tropikamid”, 1020 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, 15 ming dona “Regapen” boʻsh kapsulalari va 11 ming dona “Tropikamid”ning boʻsh idishlari hamda 24 dona laboratoriya jihozlari borligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar yakunida jami 7 mlrd 570 mln. soʻmlik kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari va ularni tayyorlashda ishlatiladigan prekursorlar hamda laboratoriya jihozlari daliliy ashyo tariqasida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring