Toshkentda xotinini salkam 20-marta pichoqlagan erkak 15-yildan koʻproqqa qamaldi
Toshkent shahrida rafiqasini salkam 20-marta pichoqlagan erkakning sud ishi koʻrib chiqildi. Bu haqda “Milliy” telekanalida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 1-fevral kuni Yangihayot tumanida sodir boʻlgan. 1978-yilda tugʻilgan er 1986-yilda tugʻilgan xotiniga uyni sotishga qarshi boʻlganligi sababli qasd qilgan. Erkak giyohvandlik vositalarini qabul qilib kelganini maʼlum qilgan.
“Shu orqamdan kelib, xoʻjayinim pichoqladilar. Men pichoqni urayotganini bilmagandim, doʻpposlayapti deb oʻylabman. Juda ogʻir ahvolda edim”, degan jabrlanuvchi.
Koʻrsatilgan zarur tibbiy choralar sababli jabrlanuvchi ayolning hayoti saqlab qolingan.
Sud tomonidan erkakka nisbatan hukm oʻqilgan, ammo ayblanuvchi hukmdan norozi boʻlib appelyatsiyaga bergan. Toshkent shahar sudi appelyatsiya instansiyasida koʻrib chiqilgan ishda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan tayinlangan uzil-kesil 15-yil-u 3 oylik ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻzgarishsiz qoldirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring