Toshkentda Xalqaro teatr va balet festivali oʻtkaziladi
Arxiv surat
15-martdan 15-mayga qadar Toshkentda Xalqaro teatr va balet festivali boʻlib oʻtadi. Festival Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Unda Moskva Sovremennik teatri, Moskva Zamonaviy pyesa maktabi teatri, Rossiya Xalqlar teatri, A.P.Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri va Boris Eyfman nomidagi Sankt-Peterburg davlat akademik balet teatri mehmon sifatida ishtirok etadi.
Festival davomida Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr, “Ilhom” teatri, Hamza nomidagi Davlat akademik drama teatri sahnalarida spektakl va balet spektakllari namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Xalqaro teatr va balet festivali doirasidagi spektakllar audio sharh (sahnadagi harakatning qisqacha tavsifi, koʻzi ojiz yoki zaif koʻruvchilar uchun tushunarli boʻlishi uchun) bilan birga namoyish etiladi. Bundan tashqari, rus tilida boʻlib oʻtadigan spektakllarida oʻzbek tilidagi subtitrlar maxsus ekranlar orqali taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring