Toshkentda yoʻlovchi avtobusi yonib ketdi
Joriy yilning 20-dekabr kuni ertalab Toshkent shahrida 125-yoʻnalishdagi Mercedes-Benz yoʻlovchi avtobusi yonib ketdi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, hodisa soat 07:50 da Uchtepa tumani Farhod koʻchasida “Oʻrikzor-Doʻmbirobod” yoʻnalishida harakatlanayotgan avtobusda sodir boʻlgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zudlik bilan xabar kelib tushdi va ikki oʻt oʻchirish brigadasi voqea joyiga soat 7:56 da yetib keldi hamda yongʻin soat 8:00da oʻchirildi.
Yongʻin oqibatida avtobus dvigateli shikastlangan. Yoʻlovchilardan hech biri jabrlanmagan.
Yongʻin sabablari va yetkazilgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan oʻrganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring