Toshkentda yoʻlovchi avtobusi piyodani urib ketdi

15:04 07 Yanvar 2022 Jamiyat
918 0

Toshkentda avtobus mast holda yoʻlda yiqilib ketgan piyodani bosib ketdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 6-yanvar kuni soat 19:50 larda Olmazor tumanidagi Jomiy bozori yaqinida sodir boʻlgan. 43-raqamli avtobus haydovchisi svetofor oldidan tezlikni pasaytirgan, mast erkak yoʻl boʻylab ketayotib, toʻsatdan muvozanatni yoʻqotib, avtobus tomonga qulagan va natijada YTH sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhum spirtli ichimlik ichib olgan.

Hozirda Toshkent shahar IIB va “Toshshahartransxizmat” Yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (yoʻl harakati yoki transport vositasidan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер