Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boshlandi. Fotoreportaj

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.
Bugun, 8 noyabr kuni delegatsiyalar Toshkentga kela boshladi. Prezidentimiz delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, bugun Qirg‘iziston, Turkiya Prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Ertaga, 9 noyabr kuni oliy darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Sammitni yoritishda ishtirok etayotgan "Xalq so‘zi" muxbiri tadbirdan fotoreportaj tayyorladi.
.
Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring