Toshkentda haydovchi piyodani urib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanida haydovchi piyodani urib yuborgani, oqibatda piyoda vafot etgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt YHXB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 2025-yilning 31-dekabr kuni soat 21:00 larda Yashnobod tumani Mahtumquli koʻchasida 2005-yilda tugʻilgan fuqaro J.R. “Lacetti” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda, 1991-yilda tugʻilgan fuqaro Y.N.ni urib yuborgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida olgan tan jarohatlari tufayli piyoda voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring