Toshkentda “Gentra” haydovchisi odamlarni bosib ketishga urindi
Foto: Toshkent shahar YHXB
Ijtimoiy tarmoqlarda “Gentra” haydovchisi bir guruh odamlarni qasddan bosib ketishga uringani, mashina ortga qaytganida ikki kishi unga qarata tosh otgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Toshkent shahri YXHB matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea 7-fevral kuni soat taxminan 03:20 larda poytaxtning Shayxontohur tumani Taxtapul koʻchasida sodir boʻlgan. Bir necha fuqarolar oʻzaro gap talashib tortishib janjalashib ketishi natijasida Gentra avtomashina haydovchisi bir necha fuqarolarning ustiga qarab avtomashina boshqargan.
Janjalning barcha ishtirokchilari tuman ichki ishlar boʻlimiga topshirilgan. Avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Ayni paytda Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring