Toshkentda fuqaro 9-qavat derazasidan oʻzini pastga tashladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda fuqaro 9-qavatdan tushib ketgani tasvirlangan video va xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-iyul kuni taxminan soat 01.30 larda Yunusobod tumani, 9-mavze hududidagi koʻp qavatli uylarning birida, 2002-yilda tugʻilgan fuqaro T.R, shu uyning 9-qavatidagi derazadan oʻzini pastga tashlagan. U kirish yoʻlagining tom qismiga urilib, yerga tushgani aytilmoqda.
Natijada fuqaro “BMYOJ, BMCH, chap oʻmrov suyagi, oʻng koʻkrak suyagi, birinchi bel umurtqasi kompression sinishi 2,3-daraja, travmatik shok 2-darajasi” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan va hozirda shifokorlar nazoratida.
“Oʻrganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro 2024-yilning oxiridan buyon ruhiyatida oʻzgarishlar sodir boʻlishi boshlanganligi va psixolog-shifokor tekshiruvlaridan oʻtkazilganligi maʼlum boʻldi”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Avvalroq Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi mashinadan oʻzini tashlagani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring