Toshkentda firibgarlik qilib, MChJni qasddan bankrot qilmoqchi boʻlganlar ushlandi

13:53 12 Iyul 2025 Jamiyat
210 0

Poytaxtning Yunusobod tumanida fuqarolarning xarid qilgan avtomashinalarini nomiga oʻtkazib bermasdan MChJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda aniqlanishicha, “A.M.L.” MChJ masʼul shaxslari avtotransport vositalari sotuvi bilan shugʻullanib kelib, 4 nafar fuqaroga 2 ta “Spark”, “Cobalt” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalarni 2-yildan 3-yilgacha muddatli toʻlov asosida sotishga kelishgan.

Fuqarolar tomonidan 2019-2023-yillar davomida toʻlovlar toʻliq amalga oshirilganiga qaramay avtomashinalarni ularning nomiga oʻtkazib bermasdan, jami 34 882 dollar va 118,5 million soʻmni qoʻlga kiritgan.

Bundan tashqari MChJ masʼul shaxslari kreditorlarning oldida 6,1 milliard soʻm qarzdorligi mavjud boʻlsada, avtotransport vositalarining sotuvidan tushgan 471,9 million soʻmni hisob-raqamiga kirim qilmasdan korxonani toʻlovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirganliklari maʼlum boʻlgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 181-1-moddasi (qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер