Toshkentda bir yarim asrlik tarixiy masjid qayta tiklanmoqda
Foto: Madaniy meros agentligi
8-noyabr kuni Shayxontohur tumanida joylashgan “Baland” jome masjidini Madaniy meros agentligi mutasaddilari, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek, masjidining masʼul vakillari ishtirokida obyektni restavratsiya, rekonstruksiya hamda taʼmirlash-tiklash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi. Baland masjidi 1857-yilda qurilgan boʻlib, hozirda obyekt davlat mulki hisoblanadi.
Madaniy meros agentligining Ilmiy ekspert kengashi tomonidan 2023-yilning 6-8-aprelida boʻlib oʻtgan yigʻilishida ushbu qurilish ishlarini amalga oshirish loyihasi koʻrib chiqilib, belgilangan tartibda maʼqullangan edi.

Taʼkidlash joizki, ushbu loyihaga Ilmiy-ekspert kengashi aʼzolari tomonidan binoning tarixiy qismiga shikast yetkazmagan holda, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi nazorati ostida atrofini rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi tomonidan bir necha bor masjidda ilmiy-texnik nazorat ishlari amalga oshirilgan hamda madaniy obyektning tarixiy qismiga zarar yetkazmasdan qurilish ishlarini amalga oshirish nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring