Senatda Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oliy Majlis Senati Raisi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva Osiyo velosport konfederatsiyasining yangi saylangan prezidenti Dato Amarjit Singx bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston velosport federatsiyasi va Osiyo velosport konfederatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chogʻida mamlakatimizda velosport davlat siyosati darajasida qoʻllab-quvvatlanayotgani, zamonaviy infratuzilma yaratilgani hamda sportchilarning xalqaro maydondagi natijalari izchil oʻsib borayotgani qayd etdi. Xususan, milliy va paravelosport terma jamoalarining Olimpiya oʻyinlari va jahon musobaqalaridagi ishtiroki mamlakat yuqori salohiyatini namoyon etayotgani taʼkidlandi.
Tomonlar Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzoladi. Bitim doirasida Oʻzbekistonda mintaqaviy oʻquv-trening markazi tashkil etish, xalqaro musobaqalarni Konfederatsiya taqvimida kengaytirish, mutaxassislar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, ayollar va paravelosportni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni faollashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring