Toshkentda bir nechta mashinani urib ketgan “Gentra” haydovchisiga sud hukmi oʻqildi
Avvalroq Toshkentda mast holatda va haydovchilik guvohnomasiz “Gentra” boshqargan ayol bir nechta avtomobilni urib yuborgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik aniqlanishicha, avtomobil aslida yonida oʻtirgan, giyohvand moddalar taʼsirida boʻlgan erkakka tegishli boʻlgan.
Mazkur voqea yuzasidan Chilonzor tuman jinoyat ishlari boʻyicha sudi hukm chiqardi, deyiladi “Millar” dasturida.
Sud hujjatlariga koʻra, hodisa natijasida beshta avtomobil zarar koʻrgan, biroq yetkazilgan moddiy zarar jabrlanuvchilarga toʻliq qoplab berilgan.
Erkak Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) boʻyicha aybli deb topildi va toʻrt yil ozodlikdan mahrum etildi. Avvalgi sud hukmidan kelib chiqib, jazo besh yil olti oy ozodlikdan mahrum etish tarzida belgilandi.
Ayol ham xuddi shu modda boʻyicha aybli deb topildi va unga toʻrt yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring