Toshkentda bankdan 90 ming dollarni oʻgʻirlagan firibgarlar qoʻlga olindi

Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar oʻgʻirlagan jinoiy guruh qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilgan.
Qayd etilishicha, 18-iyun kuni Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi nomiga “Tenge bank” chakana xizmatlar koʻrsatish boʻlimi boshligʻi ariza bilan murojaat qilgan. Unda nomaʼlum shaxslar tomonidan 90 ming AQSH dollari miqdorida pul mablagʻlari talon-toroj qilinganini bildirgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu kunning oʻzida bir necha shaxslar bank kassasiga mijoz sifatida tashrif buyurib, bank kartasida mavjud 90 ming dollarni naqdlashtirish maqsadida POS-terminalga yolgʻon axborot kiritish yoʻli bilan shuncha pulni olib ketgani aniqlangan.
Zudlik bilan tezkor-texnik tadbirlar amalga oshirilib, ushbu xatti-harakatlarni sodir etgan jinoiy guruhning barcha aʼzolari qoʻlga olingan.
“Bank xodimi bilan kelishgan holda, bizlar bankka kirib, 90 000 AQSH dollarini programma orqali yechib oldik. Men shu qilgan ishimdan juda ham pushaymonman, sizlar ham unaqa joylarga kirmanglar, yengil pul hech qachon hech qayerda boʻlmaydi”, — deydi qoʻlga olingan shaxslardan biri.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 12 dona telefon apparati, POS-terminal, 9 dona bank kartalari, 1 670 000 soʻm va 36 495 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Jami 9 nafar shaxs Jinoiy-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Ayni paytda holat yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring