Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Illyustrativ foto
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 1 ta yuk mashinasi va 3 ta yengil avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 5-iyul kuni soat 20:25 larda Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasida “Shacman” rusumli yuk mashinasi, “Leapmotor”, “Nexia-3” va “Cobalt” rusumli avtomashinalar toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH natijasida “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz”, deb yozadi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring