Toshkentda 2 yoshli bola yurib ketayotgan mashinadan tushib ketdi

18:37 14 Yanvar 2026 Jamiyat
386 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi markaziy koʻchalaridan birida harakatlanib ketayotgan avtomobildan yosh bola tushib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Shahar IIBB YHXB voqea yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, holat joriy yilning 13-yanvar kuni soat 17:05 larda poytaxtning Mustaqillik shoh koʻchasida roʻy bergan. 26 yoshli M.M. “Tracker-2” rusumli avtomashinani boshqarib kelayotganida, uning 2 yashar farzandi M.M. yoʻlning qatnov qismiga yiqilib tushgan. Maʼlumotda qayd etilishicha, hodisa haydovchining eʼtiborsizligi sababli, transport vositasining orqa chap eshigi ochilib ketgani sababli yuz bergan.

Xayriyatki, shu yoʻnalish boʻylab ushbu avtomashina orqasidan harakatlanib kelayotgan BYD rusumli avtomashina haydovchisining hushyorligi sababli mudhish YTHning oldi olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?