Toshkent viloyatida avtobus gʻildiraklari orasidan 59 kg zargarlik buyumlari topildi
Toshkent viloyatida 1 mlrd 770 mln soʻmlik zargarlik buyumlarini avtobusda yashirincha olib kirish holati aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DXX Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda, mamlakatga oʻtish uchun fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtobus belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.
Unda avtobusning qoʻshimcha gʻildiragining ichki qismida yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln soʻmlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.
Bojxona boshqarmasi shu oʻrinda amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlarisiz, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkinligini eslatib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring